Bokschi Shakhram Giyasov raqibini 30 soniyada nokautga uchratdi

O'nlab muxlislar, sportchining yaqinlari, O'zbekiston boks delegasiyasi va albatta, “Adrenaline Rush” jamoasi qizg'in kurashdan so'ng yurtga qaytgan yangi boks yulduzi — Shakhram Giyasovni yuksak ehtirom va olqishlar bilan kutib olishdi. Hayajon va hissiyotlar shu qadar kuchli ediki, aeroportdagi muhit futbol stadioni tribunalarini eslatardi!

Kattayu kichik bir savolga javob kutardi: Shakhram Giyasov qanday qilib, 30 soniya ichida raqibini yenga bildi? Bokschi bu savolga kamtarlik bilan javob qaytararkan, jangga uzoq vaqt, mukammal tayyorgarlik ko'rilganini aytdi.

Shuni alohida e'tirof etish joizki, sportchi millionlab boks muxlislarining mehri va e'tiborini qozondi. Buni Jahon boks assosiasiyasi (WBA) reytingi ham tasdiqlab turibdi. Zero, bokschimiz Shakhram Giyasov ushbu reytingning 10-pog'onasidan 5-o'ringa ko'tarildi!

18 yoshga to'lmagan bolalar, homilador va emizikli ayollar, shuningdek, asab kasalliklari, uyqusizlik, arterial gipertenziya bo'lgan hollarda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Me'yoridan ortiq iste'mol qilish sog'liq uchun zararli.