SHU KERAK
MI SENGA?
Hayotda biz shunchaki bir maqsad sari harakatlanmaymiz, balki katta orzularga intilamiz. Cheksiz muhabbat bilan va sidqildan mehnat qilishimiz mumkin bo'lgan ishni qidiramiz. Erkinlikni his etish uchun mavjud chegaralarni buzamiz. Yangi emosiyalar uchun tavakkalga qo'l uramiz. O'zimizni to'liq energiya to'lqinini his etishga bag'ishlaymiz.
Bu tuyg'ular nozik — ularni har gal o'zgacha his qilamiz, ular go'yo kaleydoskopga o'xshaydi – doim bir xil elementlardan boshqacha naqshlar yasaydi.
QAHRAMONLAR
-
INTILISH
Nigina O'ktamova
Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan o'zbekistonlik birinchi ayol bokschi. U o'z muvaffaqiyati sababi — chidamlilik, tinim bilmay o'z ustida ishlash va maqsad yo'lidagi qat'iyat ekaniga ishonadi. Nigina maqsadi sari odimlashda to'siqlardan qo'rqmaydi, yon-atrofdagilarning noto'g'ri fikri va qarashlari bilan hisoblashmaydi.